Jahon | 17:47 / 15.06.2016
4932
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vaziri Aqto‘bedagi xavfsizlik va xotirjamlik tiklanganini bildirdi

Aqto‘bedagi tinchlik va xavfsizlik, 5 iyun kuni ushbu shaharda sodir etilgan qo‘poruvchilikdan so‘ng qayta tiklandi, deb bayonot bergan mamlakat bosh vaziri Karim Masimov, Aqto‘be oblastiga qilgan safari davomida. 

Uning qayd etishicha, mintaqa rahbariyati ijtimoiy masalalarga jiddiy e'tibor qaratishi lozim. Xususan, aholi bandligini ta'minlash, maktablar va bolalar bog‘chalari muammolarini hal etish, yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanish shular jumlasidan. Hukumat rahbari shuningdek, oblastda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish masalasini ham kun tartibiga chiqargan. 

O‘z navbatida Aqto‘be oblasti akimi Berdibek Saparboyev Respublika prezidenti va hukumati topshiriqlarini bajarish uchun barcha choralar ko‘rilishini aytgan.