Lillda Uels, Angliya va Rossiya terma jamoalari muxlislari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
15 iyunda Rossiya terma jamoasi Yevro-2016 guruh bosqichining 2-turida Slovakiya bilan uchrashadigan Lillda rossiyalik muxlislarning ingliz va uelslik muxlislar bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Angliya va Uels terma jamoalari 16 iyunda Lill yaqinidagi Lansda uchrashadi.
Britaniyalik fanatlar Rossiyani haqoratlovchi qo‘shiqlar kuylab, ularning yonidan o‘tayotgan rossiyalik muxlislarning g‘azabini keltirgan va to‘qnashuvga chorlagan. Rossiyaliklar mushtlashuvna kirishmay, faqatgina og‘zaki javob qaytarishgan.
Oqibatda Lill politsiyasi rossiyalik muxlislarning g‘ashiga tekkan uelslik fanatlarni hibsga ola boshlagan. Ichki ishlar xodimlari bir necha uelslikni hibsga olib, izolyatorga olib ketgan.
Rossiya terma jamoasi rossiyalik muxlislar ishtirok etgan Marseldagi tartibsizliklar uchun UYeFA tomonidan jarimaga tortilgandi va shartli ravishda diskvalifitsiya qilingandi.
Rossiyalik muxlislar guruhi, jumladan Butunrossiya muxlislar uyushmasi yetakchisi Aleksandr Shprigin Slovakiya bilan uchrashuvdan oldin bir sutkaga hibsga olindi.