RF va O‘zbekiston o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari birinchi chorakda 54 foizga qisqardi
O‘zbekiston va Rossiya federatsiyasi o‘rtasidagi umumiy pul o‘tkazmalari hajmi 2016 yilning birinchi choragida 283 mln AQSh dollarni tashkil etgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davridagi 614 mln dollardan 53,91 foizga past demakdir, deb xabar qilmoqda Rossiya markaziy banki axborotida.
Rossiya markaziy bankiga ko‘ra, 2016 yilning birinchi choragida O‘zbekistondan Rossiyaga 27 mln dollar pul o‘tkazilgan. 2015 yilning shu muddatida bu raqam 151 mln dollar bo‘lgan.
2016 yil yanvar-mart oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilgan pul mablag‘lari 256 mln dollarni tashkil etgan. 2015 yil ilk choragida bu ko‘rsatkich 463 mln dollarga teng bo‘lgan.
Umuman, Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilayotgan o‘rtacha pul o‘tkazmasi 350 dollardan 335 dollargacha qisqargan bo‘lsa, O‘zbekistondan RFga yuborilgan pul jo‘natmasi 1504 dollardan 1251 dollargacha tushgan.