O‘zbekiston | 15:11 / 15.06.2016
4451
3 daqiqa o‘qiladi

“Sog‘lom avlod uchun” fondi 2016 yil 5 oyi davomida 9093 nafar harbiy xizmatchining oila a'zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

“Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning 9 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4576-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan respublika miqyosida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalaridan foydalangan holda harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga sog‘lom turmush tarzi va uni to‘g‘ri shakllantirish mavzularida tibbiy maslahatlar berishmoqda.

2016 yil 5 oyi davomida fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi va hududlardagi 14 ta ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan respublika bo‘yicha jami 129 ta harbiy qism, harbiy bilim yurtlari va harbiy muassasalardagi 9093 nafar harbiy xizmatchilarning oila a'zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlar orasida 4417 nafari ayollar,

4011 nafari bolalar, 289 nafari o‘smirlar, 376 nafari erkaklarni tashkil etdi. Shuningdek, tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda jami 177 ta ma'ruzalar o‘qildi. Ishtirokchilar soni 7196 nafarni tashkil etdi.

2016 yilning 15-17 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlari akademiyasi harbiy hizmatchilarining oila a'zolari “Sog‘lom avlod uchun” fondning Tibbiy-ijtimoiy Markazida shifokorlar (akusher-ginekolog, UTT shifokori, lor shifokori, oftolmolog, terapevt, pediatr, endokrinolog, EKG mutaxasisi) tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni to‘g‘ri shakllantirish, “Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari haqida bilasizmi?”, “Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi-sog‘lom kelajak asosi” “Zamonaviy kontratseptsiya usullaridan to‘g‘ri foydalanish”, “Tug‘ruqlar oralig‘ini saqlashning ahamiyati”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkaziladi.