Jahon | 10:55 / 15.06.2016
4222
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio meri moliyaviy mojaro sabab iste'foga chiqdi

Yaponiya poytaxti Tokio shahri meri Yeiti Masudzoe ko‘plab moliyaviy nohaqliklarda ayblanayotgani bois, vazifasidan ketishi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kyodo agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, shu haqdagi ariza kunning birinchi yarmida Tokio qonunchilik assambleyasi raisiga kiritilgan. Tushdan so‘ng, merga ishonchsizlik loyihasi bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

Avvalroq, Tokio qonunchilik assambleyasida ma'ruza qilgan Masudzoe merning barcha maoshini qaytarishga va'da berib, sentabrgacha ishlashga imkon berishni so‘ragan edi. 

Tokio meri atrofidagi mojaro, uning har hafta davlat avtomashinasida dachaga dam olishga borishi, uning siyosiy jamg‘armalari hisobidan oilaviy sayohatlar uyushtirishi oshkor bo‘lgach, avj olib ketdi. 

Keyinroq o‘tkazilgan surishtiruv ishlarida, shahar meri jamg‘armalar mablag‘iga kartinalar va Xitoy ipak libosini xarid qilgani oydinlashdi. 

Bundan tashqari, merning rafiqasi rahbarlik qiladigan ilmiy-tadqiqot institutining yuridik manzili Masudzoening shaxsiy uyi manziliga mos keladi. Bu esa, mer institutdan har oy ijara puli olganini bildiradi.