Sport | 14:21 / 15.06.2016
4149
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA: «Blatterning bayonoti bema'nilik»

UYeFA matbuot xizmati FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterning Yevropadagi turnirlarga qur'a tashlash marosimlarining soxtalashtirilishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Blatterning yevrokuboklar uchun qur'a tashlash marosimlarida soxtalashtirishga guvoh bo‘lgani haqidagi gaplarida tuturiq yo‘q.Bu bayonotlar bema'nilikdir», – deyilgan UYeFA tomonidan.

Bundan oldinroq Blatter Argentinaning La Nacion portaliga bergan intervyusida Yevropada o‘tkazilgan musobaqalardan birida qur'a tashlash nohalol o‘tkazilganiga guvoh bo‘lganini tan olgan edi. U marosimlardan birida sharlarning bir qismi maxsus qizdirilgani, bir qismi esa sovutilganiga guvoh bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Blatter 6 yil muddatga futboldan chetlatilgan.

Manba: Tribuna.Uz