Jahon | 01:12 / 16.06.2016
4914
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Federal zaxira tizimi tayanch stavkani avvalgi ko‘rsatkichda saqlab qoldi

AQSh Federal zahira tizimi tayanch foiz stavkasini avvalga ko‘rsatkich – 0,25-0,5 foiz atrofida saqlab qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev avvalroq AQSh Federal zahira tizimi bo‘lajak ikkita yig‘indan birida tayanch stavkasini ko‘tarishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

Aprel oyida ham AQSh FZT tayanch foiz stavkasini yillik 0,25-0,5 foiz ko‘rinishida saqlab qolgandi.