Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:16 / 16.06.2016
4556
1 daqiqa o‘qiladi
Donald Tusk: “Yevropa Kengashi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytiradi”
Yevropa Kengashi raisi Donald Tuskning ma'lum qilishicha, Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar muddati uzaytiriladi.
U bu haqda Finlyandiya bosh vaziri Yuxo Sipilya bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
“O‘ylaymanki, vaziyat barchaga ayon. Bu vaziyatda Yevrokengashning tutgan pozitsiyasi shundaki, Rossiya Minsk kelishuvi shartlarini bajarmas ekan, unga nisbatan sanksiyalar muddati uzaytiriladi. O‘ylaymanki, ushbu uzaytiruv Yevrokengashning navbatdagi majlisiga qadar amalga oshiriladi”, - dedi Tusk.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish