O‘zbekiston | 19:01 / 16.06.2016
7632
4 daqiqa o‘qiladi

“Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK’ni qo‘lga kiritishga imkon top” aksiyasining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yodingizda bo‘lsa, aksiya g‘oliblarini taqdirlash marosimining bo‘lib o‘tgan 1 va 2 bosqichlari to‘g‘risida bir oz avval Kun.uz sayti orqali ma'lum qilgan edik.

Kuni kecha esa poytaxtimizda joylashgan restoranlarning birida “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK’ni qo‘lga kiritishga imkon top” aksiyasining navbatdagi 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 15 iyun kuni coat 19:00 da boshlangan aksiya tadbirini menejyer Malik Ro‘ziboyev ochib berib, ushbu aksiyani o‘tkazishdan maqsad “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK’ni qo‘lga kiritishga imkon top” aksiyasida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lganlarga o‘zlari ega bo‘lgan sovrinlarni topshirishda adolatli yondoshilayotgani, aksiyaning haqqoniy o‘tkazilayotganligini amalda ko‘rsatish va g‘oliblarni tabriklagan holda o‘zlari yutib olgan sovrinlarni ularga topshirish ekanligini ta'kidladi.

Shuningdek, menejyer ekranda aksiya g‘oliblarining tartib raqamlari bilan tizilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, birma bir ularning g‘olib bo‘lganliklari bilan tabrikladi. So‘ng poytaxtda istiqomad qiluvchi aksiya g‘oliblari sovg‘ani o‘zlari kelib olib ketishlari mumkinligi, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan g‘oliblarga esa yutuqlar aksiya tashkilochilari tomonidan pochta tarzida jo‘natib yuborilishi haqida va'da qilindi.

Shu tariqa o‘nga yaqin raqamga qo‘ng‘iroq qilinib, g‘oliblar muborakbod etildi. Aktsiyada 2016 yilning 15 mayidan 14 iyunigacha faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK’ni qo‘lga kiritishga imkon top” aksiyasining 1-bosqichi 2016 yilning 15 aprel kuni, 2-bosqichi esa 2016 yilning 15 may kuni bo‘lib o‘tgan edi. 

Ma'lumot uchun: 4-bosqich g‘oliblarini aniqlash 2016 yilning 15 iyul kuni o‘tkaziladi. Unda 2016 yilning 15 iyundan 14 iyulgacha faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etadi.
Beshinchi ya'ni oxirgi bosqich g‘oliblarini aniqlash 2016 yilning 15 avgust kuni o‘tkaziladi. Unda 2016 yilning 15 iyuldan 14 avgustgacha faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etadi.

Aktsiyaning asosiy g‘olibi - bosh sovrin egasini (Asosiy komplektatsiyadagi Chevrolet SPARK avtomobili) aniqlash 2016 yilning 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 
Ushbu tadbirda aksiyaning boshidan oxirigacha - 2016 yilning 15 martidan 14 avgustigacha faollashtirilgan barcha promo-kodlar hisobga olinib ishtirok etadi;
Promo-kodlarning faollashtirish muddati: 15 martning 00 soati 00 daqiqasidan 14 avgustning 23 soat 59 daqiqasigacha;
“Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK’ni qo‘lga kiritishga imkon top”!

Buning uchun 1 litrli aksiya stikeri yopishtirilgan “Musaffo” tabiiy sigir suti qadog‘ini sotib olish hamda promo-kodni sayt orqali qayd etish yoki 1965 qisqa raqamiga promo-kodni kiritish lozim. O‘yin bo‘lib o‘tgunga qadar qadoqning o‘zi yoki undagi stikerni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Reklama huquqi asosida.