Jamiyat | 22:39 / 16.06.2016
12719
2 daqiqa o‘qiladi

Shayx Zayniddin masjidida Ramazon shukuhi

Ramazon oyi sabab qalblar halovatdan, ko‘ngillar xotirjamlik tuyg‘usidan suv ichmoqda. Shukrki, O‘zbekistonning barcha masjidlarida tarovih namozlari, muqaddas oy ibodatlari o‘z o‘rnida ado etilmoqda. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgani alohida tahsinga munosib.

Poytaxti azimda joylashgan Shayx Zayniddin jome masjidi jamoasi bu yilgi Ramazon oyi ibodatlarini har yilgidan ko‘ra ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazmoqda. Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligidagi masjidda ibodat qilgani kelganlar uchun zarur barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Masjidga tashrif buyurgan odamlar mana shunday tinch yurtda, ibodatlarni o‘z vaqtida, emin-erkin ado etishga qulaylik yaratilganidan mamnun bo‘lishib, o‘z duolarida O‘zbekistonning tinchligi abadiy bo‘lishligini, oilalar dasturxonida qut-baraka, bundanda ko‘p yaxshilik, omonlik va fayz ato etishini Yaratgandan so‘rab, duo qilishmoqda.