Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:46 / 16.06.2016
8360
1 daqiqa o‘qiladi
Uels shahri Garet Beyl sharafiga qayta nomlandi
Uels shimolidagi Bala shahri "Real" va Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl sharafiga qayta nomlandi, deb xabar bergan Wales Online.
Qayd etilishicha, aholi punkti ushbu nomni milliy jamoaning Fransiya bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatida ishtiroki munosabati bilan olgan. E'tiborli jihati shundaki, shahardagi barcha yo‘l ko‘rsatkichlari ham o‘zgartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Uels "V" guruhida Rossiya, Slovakiya va Angliya jamoalarining raqibi hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish