Jahon | 16:29 / 17.06.2016
4386
1 daqiqa o‘qiladi
EgyptAir samolyotining ikkinchi "qora quti"si suvdan olib chiqildi
Misrlik tadqiqotchilar O‘rta Yer dengizida qulab tushgan EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyotining "qora quti"si suvdan olib chiqishdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu qora qutida laynerning texnik parametrlari qayd etilgan.
Bundan oldinoq, samolyotning birinchi qora qutisi suvdan yuqoriga ko‘tarilgani haqida xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.