Jahon | 06:57 / 17.06.2016
3460
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya parlamenti mamlakat bosh vazirining iste'fosiga ovoz berdi

Xorvatiya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat bosh vaziri Tixomir Oreshkovichning o‘z lavozimidan chetlatilishi uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

151 nafar parlamentariydan 125 nafari bosh vazirning istefosiga ovoz berdi, 15 kishi qarshi chiqdi, 2 kishi betaraf qoldi.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, shu munosabat bilan mamlakatda muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazish ehtimoli oshmoqda.

15 iyunda "manfaatlar ixtilofi"da ayblangan, Xorvatiyaning birinchi bosh vazir o‘rinbosari Tomislav Karamarko iste'foga ketgandi.