Jahon | 18:07 / 17.06.2016
13553
1 daqiqa o‘qiladi
Italiya bosh vaziri Putin va Nazarboyev sabab ma'ruzasini o‘zgartirdi
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etayotgan Italiya hukumati rahbari Matteo Rentsi avvaldan tayyorlangan ma'ruzasidan voz kechishga qaror qilgan. U, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning chiqishidan so‘ng, shunday to‘xtamga kelgan.
«Hamkasblarimning chiqishlari sabab, avvaldan tayyorlab qo‘ygan ma'ruzamdan voz kechishga qaror qildim. Men hayron va qoyil qoldim», — degan Italiya bosh vaziri o‘z nutqining kirish qismida.