Jahon | 12:10 / 17.06.2016
6089
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda yuz bergan tabiiy ofat asosiy avtoyo‘ldagi harakatni to‘sib qo‘ydi

Kuchli yog‘ingarchiliklardan so‘ng paydo bo‘lgan bir necha sel oqimi, Qirg‘izistonning strategik ahamiyatga molik Bishkek — O‘sh avtomagistralidagi harakatni to‘sib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda respublika FVV matbuot xizmati. 

Mamlakatning shimoliy va janubiy qismini bog‘lovchi yagona avtomobil yo‘li 3 ming metr balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlaridan o‘tib, uzunligi 600 kilometrga yaqindir. 
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 17 iyunga o‘tar kechasi Qirg‘izistonda kuchli jala quygani bois, Bishkek-O‘sh trassasining 430-435 kilometrlarida 7ta sel oqimi yuz bergan. Natijada avtomobil qatnovi to‘xtagan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. 

Yo‘l ta'mirlash xizmatlari trassani tozalash ishlarini olib bormoqda, ertalabga kelib, yo‘lning bir tomonida harakatga ruxsat berilgan. Ayni vaqtda, tozalash ishlari davom etmoqda.