Fan-texnika | 03:16 / 17.06.2016
11757
2 daqiqa o‘qiladi

Land Rover Discovery Sport poyezd yo‘lida yana bir tryukni namoyish etdi

Land Rover Discovery Sport yo‘ltanlamasi 3ta vagondan iborat vazni 100 tonna bo‘lgan temiryo‘l tarkibini 10 kilometrga tortib borishning uddasidan chiqqan. Bu, avtomobil texnik tavsifnomasida keltirilgan vaznidan 60 marta hamda maksimal tortish kuchidan 40 marta ko‘p demakdir. 

Tajriba Shveytsariya shimolidagi temiryo‘lning 10 kilometrlik qismida amalga oshirilgan. Yo‘nalish, Reyn daryosidagi 25 metr balandlikdagi 285 metrlik Xemisxofen ko‘prigidan ham o‘tgan. 

Aquarius Railroad Technologies kompaniyasi yo‘ltanlamas uchun stabilizator vazifasini bajargan maxsus temiryo‘l g‘ildiragi ishlab chiqqan. 

Discovery Sport boshqa jihatlaridan ikki litrli 4 silindrli dizel motoriga ega standart modeldan farq qilmagan. 180 ot kuchiga ega Ingenium, 9 bosqichli «avtomatik» uzatmalar qutisi va Terrain Response firmasining barcha g‘ildiriklarni yetakchi qiluvchi tizimi. 

Aytish joizki, bu Land Rover tomonidan tashkil etilgan birinchi tomosha emas. Masalan, 1989 yili Angliyaning Plimut shahrida Discovery I yo‘ltanlamsi 2,5-litrlik turbodizel motori imkoniyatlarini namoyish etish uchun, bir necha yo‘lovchi vagonlarini tortgan edi.