Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Lokomotiv" murabbiyi jamoasiga hakamlar yordam beradi, deb o‘ylashlaridan hayratlandi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Miklyayev uning jamoasiga hakamlar yordam beradi, deb o‘ylashlaridan hayratga tushdi.
“Nasaf” – “Lokomotiv” (1:2) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Lokomotiv” jamoasining bosh murabbiyi Andrey Miklyayev ishtirok etdi.
-Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar yaratgan muhit juda ajoyib bo‘ldi. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz qiyin o‘tgan uchrashuvda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, g‘alabaga erishdik. Albatta har qanday jamoa muxlislari o‘z sevgan jamoalarini yutug‘ini ko‘rishni hohlaydi – bu tushunarli holat. Shundan kelib chiqib, muxlislarning kayfiyatini tushunsa bo‘ladi. Yana o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, qandaydir holatlarda omad biz tomonda bo‘lgandir. Ammo o‘ylaymanki, “Nasaf” jamoasiga nisbatan bugungi o‘yinda ko‘proq vaziyatlar yarata oldik.
Bugungi uchrashuvdagi hakamlik haqida gapirmoqchi emasman. Negadir bizning safardagi o‘yinlarimizdan so‘ng ko‘proq hakamlik haqida savollar bo‘ladi. O‘z maydonimizda o‘tgan uchrashuvlarda esa bu haqda savollar bo‘lmaydi. Ammo men hakamlar ishiga baho berish vakolatiga ega emasman, ularning harakatini o‘zlaringiz ko‘rdilaringiz. Qolaversa, ularni ishiga baho beradigan nazoratchilar bor.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan mavsumlarda ham "Loko"ga ham hakamlar yordam beradi, degan asossiz gaplar bolalagandi. Xususan, muxlislar jamoa o‘yinlarining juda ko‘pchiligini Huzan Ro‘ziyev boshqarishiga hayron qolishardi. Lekin bu gaplarning barchasi asossiz ekanini kelishilgan o‘yinlarni aniqlash qo‘mitasi isbotlagandi.
Manba: Tribuna.UZ