Jamiyat | 12:31 / 17.06.2016
6536
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov 5 kilometrlik masofani yarim soat ichida yugurib o‘tdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov SPIEF RACE poygasida 5 kilometrli masofani 31 daqiqa ichida bosib o‘tdi. Bu haqida "Rosbalt" ma'lum qildi. 

Sberbank rahbari German Gref esa bu masofani 25 daqiqada bosib o‘tgan. 

Shuningdek, mazkur poygada Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, "Match-TV" rahbari Tina Kandelaki, Smolniy investitsiya qo‘mitasi raisi Irina Babyuk ham ishtirok etishdi. Poygada jami 255 nafar kishi qatnashdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, poyga ishtirokchilari tonggi soat 6:30da Isaakiyev ibodatxonasidan start olishgan. Yugurish trassasi Peterburg markazi orqali o‘tgan. 

Poygada ONEKSIM bosh direktori Dmitriy Razumov g‘olib bo‘ldi.