Putin: AQSh - buyuk davlat, biroq uning o‘zgalar ishiga aralashishi hech kimga kerak emas
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida AQShdagi saylovlarning demorkratik ekanligiga shubha bildirdi, biroq AQSh bilan kelajakda ishlash istagi borligini bildirdi.
Xususan, Putin AQSh tarixida prezident ikki marta ortida kamchilik turgan saylovchilar komissiyasi tomonidan saylanganini ta'kidlab o‘tdi.
"Prokurorlar saylovchilarni saylov uchastkalaridan haydaydilar, qamoqqa tiqish bilan qo‘rqitadilar. Biroq bu ularning muammosi, bu ularga yoqadi, Amerika – buyuk davlat, super davlat. Biz buni qabul qila olamiz, biz AQSh bilan ishlamoqchimiz", deb aytdi Putin.
Putin dunyo va Rossiyaga AQShdek davlat kerakligini, biroq hech kimga "uning o‘zgalar ishiga aralashishi, qanday yashashni o‘rgatishi, Yevropaga Rossiya bilan munosabatlar o‘rnatishga xalaqit berishi kerak emas".