Rossiya mudofaa vazirligi Obamaga yo‘llangan maktubga o‘z qarashini bildirdi
Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov AQSh davlat departamentining 51 nafar xodimi prezident Barak Obamaga maktub yo‘llab, mamlakatning Suriyadagi siyosatini o‘zgartirish va hukumat qo‘shinlariga havo zarbalari berishni boshlashga chaqirganiga oid xabarlarni izohlagan.
«Agar ushbu xabarlarda ozgina bo‘lsa-da haqiqat bo‘lsa, aslida bu kabi muhim masalalar Davlat departamentida rostdan ham ovoz berish vositasida hal etiladi, unda bu holat sog‘lom fikrlovchi kishilarda tashvish uyg‘otmay qolmaydi», — degan Konashenkov.
Uning fikricha, eng asosiy masala, ushbu bombardimonlar oqibati uchun keyin kim javob berishida.
«Yana Davlat departamenti jamoasining "ko‘pchiligi"? Yoki yana biz, bundan avval, Afg‘oniston, Iroq va Liviyadan so‘ng kuzatganimiz, mashhur "gollivud" tabassumini ko‘ramiz», —deb qo‘shimcha qilgan general.
The Wall Street Journal gazetasi xabar berganidek, AQSh Davlat departamentining 50dan ortiq aksariyat xodimi Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar amaliyotlarni boshlashni so‘rab, Amerika prezidenti Barak Obamaga murojaat qilishgan.