O‘zbekiston | 18:23 / 17.06.2016
8274
1 daqiqa o‘qiladi

TIV Moliya-iqtisod boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Hasan Shakirov TIV Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.