Xiaomi kompaniyasi 100 mln dan ortiq Redmi smartfonini sotishga erishdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 3 yil muqaddam 2013 yil iyul oyida Redmi smartfonlari turkumini taqdim etgan edi. Aytish joizki, Redmi qurilmalari texnik tavsifi, sifati va arzonligi bilan tezda Xitoy va jahon smartfonlar bozorida ommalashib ketdi. Xiaomi kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Ley Tszyunning yaqinda bergan bayonotiga ko‘ra, uning kompaniyasi 110 millionga yaqin Redmi turkumidagi qo‘l telefonlarini sota olgan. Bu esa kompaniya uchun o‘ziga xos yuqori ko‘rsatkichdir.
Bugungi kunda Redmi turkumida 9ta smartfon ishlab chiqilgan. Bular: Redmi, Redmi 2, Redmi 2A, Redmi 3, Redmi 3S, Redmi Note, Redmi Note Prime, Redmi Note 2 va Redmi Note 3 dir.
Bundan tashqari, uning mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan har xil Pro-namunalari va modellari ham mavjud. Qayd etish joizki, kompaniya qurilmalarini deyarli o‘z tannarxida sotadi. Shu bois 100 dollarga metall korpusga ega, 3 Gb operativ xotirali, barmoq izlari skaneri va boshqa imkoniyatlarga telefonni xarid qilish mumkin.