Sport | 22:06 / 18.06.2016
8493
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyalik muxlislar Sterlingni Yevro-2016dan uyiga qaytarib yuborish uchun pul yig‘ishni boshlab yuborishdi
Angliyalik futbol muxlisi Aaron Bemford moddiy yordam yig‘ish imkoniyatini beradigan justgiving.com saytida sahifa ochib, Angliya terma jamoasining yarimhimoyachisi Rahim Sterlingni uyiga jo‘natib yuborish uchun pul yig‘ishni boshladi. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatgan.
Sahifa ochilishiadan bir necha soat o‘tgan vaqtda 300 funt yig‘ilgan.
Ingliz futbol muxlislari bu tadbir orqali Rahim Sterlingning Yevro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsiz o‘yiniga munosabat bildirishmoqda.
Yevropa chempionati mobaynida Sterling Rossiya va Uels terma jamoalariga qarshi ikki o‘yinda maydonga tushib, har ikki o‘yinda ham Roy Hojson tomonidan almashtirildi.