Jahon | 17:24 / 18.06.2016
9362
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya politsiyasi 7 kishini jinsiy tajovuz sodir etganlikda ayblamoqda

Braziliya hukumati o‘tgan oyda Rio de Janeyro shahri xarobalarida sodir etilgan jinoyatning 7 nafar ishtirokchisiga ayblov e'lon qildi. O‘shanda voyaga yetmagan 16 yashar qiz guruh bo‘lib zo‘rlangan, so‘ngra uning videolavhasi Twitterdagi sahifaga joylangan edi, deb xabar qilmoqda Braziliya davlat televideniyesi. 

Lavhada yalang‘och holda hushsiz yotgan qizni ko‘rish bilan birga noma'lum kimsaning "kamida 30 kishi" degan so‘zlarini eshitish mumkin.  

Endilikda, politsiya mahkamasi 7 nafar gumondorga nisbatan guruh bo‘lib jinsiy tajovuz qilish, voyaga yetmagan shaxs ishtirokida jinsiy mazmundagi mahsulotni ishlab chiqish va tarqatish ayblovlarini ilgari surmoqda, deb xabar qilgan Agencia Brasil.