Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya hukumati Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga 850 mln dollar ajratadi
Braziliya hukumati Rio-de-Janeyro shtatiga Olimpiya o‘yinlarini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarini moliyalash uchun 2,9 mlrd real (849 mln dollar) ajratadi. Bu haqda hukumat vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Rio-de-Janeyro shtati rahbariyati og‘ir moliyaviy holatda ekanligini tan oldi va davlatdan Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi uchun moliyalashni so‘radi. Shtat gubernatori bu iltimosini neft narxining pasayishi bilan tushuntirdi.
Pullar infratuzilma, xususan metro tarmog‘ini qurib bitkazish va Olimpiya o‘yinlaridagi xavfsizlikka, jumladan huquq-tartibot muassasalari xodimlariga maoshlarni to‘lashga sarflanadi.
Joriy haftada Rio-de-Janeyroga tashrif buyurgan vitse-prezident Mishel Temer hukumat Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha barcha majburiyatlarning bajarilishini kafolatlashini aytdi.
Olimpiya o‘yinlari 5 avgustdan boshlanadi.