Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yemelyanenko Maldonado ustidan hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko Fabio Maldonadoga qarshi jangni g‘alaba bilan yakunlandi. Jang murosasiz tarzda o‘tdi, biroq hakamlar g‘alabani "So‘nggi imperator"ga berishga qaror qilishdi.
Jang Sankt-Peterburgda Fight Nights yakkakurashlar kechasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Jang Fyodor uchun og‘ir kechdi, unga ham raqibidan yaxshigina "tushdi".
Fyodor janggacha hech ham asabiylashmayotganini va Maldonadoni xavfli zarbaga ega munosib raqib ekanligini aytgandi.
"Tomoshabinlarga bunday janglar ayniqsa yoqadi, biroq bu eng yomon janglarimdan biri bo‘ldi. Buni yuzimdagi jarohatlardan bilsa ham bo‘ladi", deb aytdi Yemelyanenko.
Bu orada sportchining muxlislari jangni Fyodorning faoliyatidagi eng qiziqarlilaridan biri bo‘lganini ta'kidlashmoqda. Bu jang Fyodorning 3 yillik tanaffusdan keyin ringga 2015 yilda qaytgandan keyin o‘tkazgan ikkinchi jangi bo‘ldi.








