Yevro-2016: Rossiya-Uels uchrashuvi yuqori xavflilikka ega uchrashuv toifasiga kiritildi
Fransiya hukumati Yevro-2016 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Rossiya-Uels uchrashuvini yuqori xavflilikka ega uchrashuv toifasiga kiritdi. Bu haqda Yuqori Garonna va Langedok-Rusiyon-Yug-Pirenei departamenti prefekti Paskal Mayos ma'lum qildi.
Uning aytishicha, huquq-tartibot muassasalari futbol fanatlari ishtirokida to‘qnashuvlar va tartibsizliklar bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Uchrashuv bilan bog‘liq xatarlar shkalasi bo‘yicha uchrashuv 3 balldan 4 ballgacha ko‘tarildi. Shuning uchun uchrashuv xavfsizligini ta'minlovchi politsiya va jandarmlar soni 600 kishiga, ya'ni 1,9 minggacha oshirildi.
Bundan tashqari, hukumat spirtli ichimliklar sotishga taqiqlovni kuchaytiradi. Kafe va barlar egalari o‘z muassasalarini yarimtundan kech bo‘lmagan vaqtda yopishlari kerak bo‘ladi.
Rossiya va Uels o‘rtasidagi uchrashuv 20 iyunda Tuluzada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 00:00 da boshlanadi.