Local Motors kompaniyasi haydovchisiz elektr avtobuslarini namoyish qildi
AQShning Local Motors kompaniyasi Olli deb nomlangan ixcham elektr avtobusini taqdim etdi, u 12 kishiga mo‘ljallangan.
Shunisi qiziqki, yangi avtobus haydovchisiz harakatlanadi.
Joriy yilning oxirigacha shunday mashinalardan biri Las-Vegas yo‘llariga chiqariladi, yana ikkitasi Floridada va to‘rttasi Daniyada sinovdan o‘tadi.
Kichik avtobus 40 ot kuchiga ega 125 Nm elektromotor bilan ta'mirlangan. Uning eng katta tezligi - soatiga 20 kilometr. Batareyalarining quvvati taxminan 50 kilometrni bosib o‘tishga yetadi. Kompaniya vakillari bunday avtomobillarning tez-tez quvvat olishga ehtiyoji borligini tan olishmoqda, biroq harakatlanish zaxirasi uncha katta bo‘lmagan masofalarga yetadi, deb hisoblashmoqda. Masalan, universitet bo‘limlari orasida bemalol harakatlansa bo‘ladi.
Yangi mini-avtobus Local Motors kompaniyasi tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarildi. U savollarga javob bera oladigan va ma'lumotlarni farqlay oluvchi sun'iy intellekt tizimiga ega IBM Watson superkompyuteri yordamida ishlaydi. Avtobus yo‘lovchilari kompyuter bilan muloqot qilishlari mumkin, masalan, yo‘nalishni belgilash, Olli'ning ish prinsipi yoki dizayni to‘g‘risida savol berish mumkin bo‘ladi.
Mashina oldindan dasturlangan yo‘nalish bo‘yicha avtopilotda harakatlanishi mumkin.
Hozirda yagona Olli Merilendda faoliyat ko‘rsatmoqda, kutilmagan hodisalarning oldini olish maqsadida bu yerda uning boshqaruvini bir kishi nazorat qilmoqda.