Sport | 10:37 / 18.06.2016
6064
1 daqiqa o‘qiladi

MBA finalining yettinchi o‘yini uchun ikkita chipta rekord summaga sotildi

Milliy basketbol assotsiatsiyasining «Golden Steyt Uorriorz» va «Klivlend Kavalers» jamoalari o‘rtasidagi final pley-offining yettinchi o‘yini uchun ikki dona chipta 99 ming dollar sotilgan. O‘yinni ilk qatorda tomosha qilish imkoniyati StubHub ikkilamchi savdo tarmog‘ida shunday narxga baholangan, deb xabar qilmoqda Amerika matbuoti. Aslida hal qiluvchi o‘yinning bir dona chiptasi ming dollardan sotiladi, chempionatning odatdagi o‘yinlariga kirish uchun 30 dollardan chipta olinadi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, «Golden Steyt Uorriorz» va «Klivlend Kavalers» o‘rtasidagi final pley-offining beshinchi o‘yini uchun 3ta chiptaning har biri, StubHub tarmog‘ida 17 ming dollardan xarid qilingan edi.