21:48 / 18.06.2016
5493

Mendesh: «Ronaldu – dunyo tarixidagi eng yaxshi sportchi»

«Real» hujumchisi, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozining shaxsiy fazilatlari haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Agar dunyodagi eng yaxshi inson uchun mukofot ta'sis etilgan bo‘lganida, uni Ronaldu olgan bo‘lardi. U ajoyib ota va haqiqiy do‘st.

Ronaldu – bizning zamonamiz, jamiyat va yoshlar uchun eng yaxshi namuna va bu faqatgina futbolchi sifatida emas, insoniy fazilatlari evaziga ham.

U maydonda ham, maydon tashqarisida ham eng zo‘ri.

Ronaldu – dunyo tarixidagi eng zo‘r sportchi», – deya Mendeshning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 doirasidagi Portugaliya – Islandiya (1:1) uchrashuvidan keyin bir qancha islandiyalik futbolchilar Ronalduning o‘zini tutishi borasidagi harakatlarini tanqid qilib o‘tishgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top