Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya va Xitoy 22 ta kelishuv imzoladi
Serbiya va Xitoy davlatlari Xitoy raisi Si Tszinpinning Serbiya prezidenti Tomislav Nikolichning taklifi bilan Belgradga tashrifining ikkinchi kuni 22 ta davlatlararo kelishuv imzoladi. Bosh hujjat strategik hamkorlikni o‘rnatish haqidagi kelishuv bo‘ldi, unga ikki davlat rahbari o‘z imzosini qo‘ydi, deb xabar bermoqda Serbiyaning RTS telekompaniyasi.
Shuningdek, qurilish, infratuzilma, telekommunikatsiya, savdo, mudofaa, ommaviy axborot vositalari, energetika, sayyohlik sohalarida ham kelishuvlar imzolandi.
Xitoy va Belgrad shuningdek Xitoy hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari o‘rtasida tadbirkor va infratuzilma sohasida hamkorlik markazi yaratishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolashdi. Ikki davlat madaniyat vazirlari madaniyat va san'at sohasida 2017 yildan 2020 yilgacha hamkorlik qilish dasturini imzolashdi.
Xitoy rahbarining aytishicha, uning Serbiyaga tashrifi va kelishuvlarning imzolanishi "ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqoriroq darajaga qo‘yadi". U Serbiya Xitoy uchun samimiy do‘st va ishonchli hamkor ekanligini aytdi.
Serbiya prezidenti Si Tszinpinga davlat mukofoti – Serbiya Respublikasi ordeni taqdim qildi. Nikolich Xitoy raisiga Kosovo mustaqilligining bir tomonlama e'lon qilinishini tan olmagani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. U Serbiya Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik rivojlanishining yangi bosqichiga tayyorligini tasdiqladi.
Si Tszinpinning Belgradga tashrifining so‘nggi kuni – 19 iyunda ikki davlat rahbari "Jyelezara Smederevo" metallurik kombinatiga tashrif buyurishadi. Joriy yilning aprelida Serbiya hukumati bu korxonani Xitoy kompaniyasiga sotib yuborgandi.