12:18 / 19.06.2016
6619

Chikagoda The Voice shousining sobiq ishtirokchisini otib ketishdi

Chikagoda The Voice shousining meksikancha talqinida muqaddam ishtirok etgan xonandalardan biri, 45 yoshli Alexandro Fuentes o‘qotar qurol orqali o‘ldirib ketildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Noma'lum shaxs Fuentes va uning do‘stlari o‘tirgan mashinaga yaqinlashib, qo‘shiqchidan mashinadan chiqishni talab qilgan va keyin uning boshiga 3 marta o‘q uzgan.

Politsiya hozirgacha qotilni topa olmadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Orlandoda The Voice shousining yulduzlaridan biri Kristina Grimmi konsertdan chiqqach muxlislariga imzo tarqatayotgan vaqtida otib o‘ldirilgandi.

Top