Xorvatiya prezidenti Yevro-2016’dagi muxlislarning nomaqbul harakatlari tufayli shoshilinch yig‘ilish chaqirtirdi
Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich xorvatiyalik muxlislarning Yevro-2016’da Chexiya-Xorvatiya o‘yinida uyushtirgan tartibsizliklarini muhokama qilgani shoshilinch yig‘ilish chaqirtirdi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Uchrashuv xorvatiyalik muxlislarning bezoriliklari tufayli hisob Xorvatiya foydasiga 2:1 bo‘layotganda to‘xtatilib qo‘yilgandi. Xorvatlar joylashgan tribunalardan maydonga fayyerlar uloqtirilgan. "Jonkuyar" muxlislar bu qilmishlari bilan o‘z jamoalariga pand berib qo‘ydilar: chexlar uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtira olishdi.
Grabar-Kitarovich birinchi marta shoshilinch yig‘ilish chaqirishga konstitutsion huquqidan foydalandi. Unda xorvat hukumati vakillari sportda bezorilik harakatlariga nisbatan qonunchilikni kuchaytirish bo‘yicha choralarni muhokama qiladilar.
Ma'lum qilinishicha, yig‘ilish keyingi hafta boshida o‘tkaziladi.
UYeFA Xorvatiya va Turkiya muxlislarining nomaqbul harakatlari tufayli ushbu davlatlar futbol federatsiyalariga nisbatan intizomiy ishlar ochdi.