Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:32 / 19.06.2016
3938
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyadagi suv toshqinlari tufayli kamida 24 kishi halok bo‘lib, 26 kishi bedarak yo‘qoldi
Indoneziyaning Yava orolida davom etayotgan kuchli yomg‘irlardan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlar natijasida kamida 24 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 26 kishi bedarak ketgan.
Indoneziya favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Milliy agentligi vakili Sutupo Purvo Nugroxuning ma'lumotiga ko‘ra, oroldagi o‘nlab uylar tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan.
i24news ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda bedarak yo‘qolganlarni qidirish bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish