22:35 / 19.06.2016
6857

Iroq bosh vaziri: Al-Fallujaning ozod qilinishi IShID bilan jangdagi burilish onidir 

Iroqning Al-Falluja shahrining jangarilardan ozod qilinishi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashning burilish oni bo‘ldi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy devonxonasi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, "shaharning IShIDdan ozod qilinishi Iroqning bu terrorchilik guruhiga olib borayotgan urushdagi hal qiluvchi on hisoblanadi". Devonxonada ma'lum qilinishicha, hukumat qo‘shinlarining Al-Fallujadagi g‘alabasi Iroq armiyasining Mosulga hal qiluvchi hujumining boshlanishi bo‘ladi.

17 iyunda Iroq bosh vaziri armiyaning shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganini ma'lum qildi. Biroq, uning aytishicha, jangarilar tomonidan qarshilik ko‘rsatishning kichik o‘choqlari hali ham saqlanib qolgan. 

Iroqning yirikligi bo‘yicha 2-shahri – Mosulning ozod qilinishi armiya, "peshmerg" otryadlari va xalq lashkarlarining IShIDga qarshi operatsiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Jangarilar aholisi 500 ming kishidan ko‘proqni tashkil qiladigan Mosulni o‘zining Iroqdagi poytaxti deb hisoblaydi. Shahar 2014 yil 10 iyunda IShID tomonidan amalga oshirilgan hujum vaqtida Iroq qo‘shinlari tomonidan deyarli jangsiz tashlab ketilgandi.

Top