Jamiyat | 07:04 / 19.06.2016
6953
2 daqiqa o‘qiladi

Misr sudi Al Jazeera telekanalining ikki jurnalistini o‘lim jazosiga mahkum qildi

Misr sudi sobiq prezident Muhammad Mursiyning ishi bo‘yicha 6 kishiga o‘lim jazosi chiqardi, ular orasida Qatarning Al Jazeera telekanalining ikki jurnalisti ham bor. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Jurnalistlar Mursiyning uzoq davom etmagan prezidentligi vaqtida Misrning milliy xavfsizligi masalasi bo‘yicha maxfiy hujjatlarni Qatarga berganlikda ayblanmoqdalar. Hukm ustidan shikoyat qilish mumkin. 

Teletarmoqda bu hukm qoralandi va fikrni erkin ifoda qilishni bostirish bo‘yicha qat'iy kampaniyaning bir qismi deb ataldi hamda jahon hamjamiyatini jurnalistlarga  hamjihatlik bildirishga chaqirildi. O‘z navbatida Amnesty International huquq himoyachilari qarorni zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish va "kulgili ayblovlarni" bekor qilishga chaqirdi.

Avvalroq Misr sudi Mursiyni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgani ma'lum qilingandi. Misrning yangi hukumati Mursiyni Al Jazeera telekanali jurnalistlari orqali Qatarga maxfiy hujjatlarni berishda gumon qilmoqda.