Jamiyat | 17:30 / 19.06.2016
11205
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda ona o‘zi tanlagan kishisiga turmushga chiqqan homilador qizini o‘ldirdi

Pokiston shimoli-sharqidagi Panjob viloyatida ona o‘zining 22 yoshli homilador qizini so‘yib tashladi. Gulf News xabariga ko‘ra, bunga qiz o‘zi istagan kishiga turmushga chiqishga qaror qilgani sabab bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, homiladorlikning sakkizinchi oyida bo‘lgan qizning onasiga qotillikni amalga oshirishda ota va uka ham yordam bergan.

Qayd etilishicha, politsiya bu qotillikka aloqadorlarning barchasini hibsga olgan.

Aniqlik kiritilishicha, ismi Muqaddas Tofiq bo‘lgan marhum qiz 3 yil oldin o‘zi sevgan yigit bilan qochib ketib, turmushga chiqqan, ammo ota-ona bunga qarshi bo‘lgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Pokistondan o‘tgan yili "oila sharafini saqlab qolish" sababi bilan 1100ga yaqin qotillik sodir etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish