16:05 / 20.06.2016
4355

8 nafar fuqaroni Olmaota shahriga sotib yuborgan odamfurushlar fosh etildi

Fuqaro Basim Tuymuratov (ism-familiyalar o‘zgatirilgan) va boshqalarning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruvda Nukus tumanida yashovchi fuqarolar Baurdjan Sayitov va Nadir Janibekovlar B.Tuymuratovni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida joylashgan g‘isht zavodiga olib borgach, fuqarolik pasportlarini yig‘ib olgani, 3-4 oy mobaynida turli ishlarni qilishsa-da, oldindan kelishilgan ish haqlarini bermaganligi aniqlangan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 8 nafar fuqaroning ishsizligidan foydalangan ikkovlon ularga Qozog‘iston Respublikasida ish borligini aytib, oyiga 90-120 ming Qozog‘iston tangasi berishni hamda yo‘l harajatlarini ham o‘zlari to‘lashni va'da qilishgan. So‘ngra ushbu fuqarolarni Olmaota shahriga olib borib, o‘sha hududda yashovchi Qozog‘iston fuqarosi Asen ismli shaxsga fuqarolik pasporti bilan topshirib yuborishgan. Shuningdek, ularning ishlab topgan haqlarini ham berishmagan. Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli modasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

Top