09:39 / 20.06.2016
3553

Afg‘onistonda avtobus portlashi oqibatida 14 kishi qurbon bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan mudhish qo‘poruvchilik harakatida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Frans Press" agentligi mamlakat IIV axborotiga tayangan holda. 

Avval xabar berilganidek, 20 iyun kuni tongda afg‘on mulozimlari ketayotgan avtobus mamlakat poytaxtida portlatilgan edi. Boshqa bir ma'lumotlarga ko‘ra, avtobusda qo‘riqlash xizmati xodimlari bo‘lgani ehtimol. 

OAV xabarlariga ko‘ra, hodisa joyida ko‘plab tez yordam mashinalari bo‘lgan. Ayni vaqtda, surishtiruv ishlari olib borilayapti.

Top