23:57 / 20.06.2016
7442

Fransiyaning M6 telekanali Yevropa chempionatidan “teleportatsiya” uyushtirdi

Yevropa chempionati doirasida o‘tgan Fransiya va Shveytsariya uchrashuvidan oldin Fransiyaning M6 telekanali studiyadagi bir xodimi va maydondagi boshqa xodimi o‘rtasida “teleportatsiya” uyushtirdi. Bu haqda Aol yozmoqda.

Boshlovchi katta ekranni xatlab o‘tib, maydonda, hamkasbi Karin Gallining yonida paydo bo‘ldi. Galli rostan ham uchrashuv joyida edi. Bu haqda u o‘z tvitterida yozib qoldirgan. Telekanal bu ishni qanday amalga oshirgan, bu haqda hech narsa ma'lum qilmagan.

Top