14:34 / 20.06.2016
5047

Hillari Klinton yangi tug‘ilgan nabirasi bilan tushgan ilk suratni namoyish etdi

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton o‘z tvitterida yangi tug‘ilgan nabirasi bilan tushgan ilk suratini joylashtirdi. Suratda uning yonida turmush o‘rtog‘i Bill Klintonni ham ko‘rish mumkin.

“Bu nabiramiz Eydenga juda zavq bag‘ishladi...”, - deb yozdi Klinton.

2015 yilning dekabr oyi oxirlarida Bill va Hillari Klintonlarning qizi Chelsi Klinton ikkinchi farzand kutayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

Top