Fan-texnika | 23:43 / 20.06.2016
3928
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston politsiyasi iPhone'ni ma'lumotlar olish uchun buzishga harakat qilmoqda

Dehli politsiyasi iPhone smartfonlari va iCloud bulut xizmatidagi ma'lumotlarga kira oladigan texnologiyani qidirmoqda. Bu haqda The Times of India xabar beradi.

Hindiston politsiyachilari buning uchun xalqaro kompaniyalar bilan birga hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, ular jinoyatchilar foydalanadigan 8,4 ming BlackBerry gadjyetlari va Xitoy ishlab chiqaruvchilarining qurilmalaridagi ma'lumotlarni chiqarib olishni maqsad qilishgan. 

Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari WhatsApp messenjerining end-to-end shifrlashi bilan ham shug‘ullanish niyatida.

Umuman olganda, idora ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, suratlar, geolokatsiyalar, qo‘ng‘iroqlar, mahfiy postlarni ochib tekshirishni istaydi.
Dehli politsiyasining fikricha, mobil qurilmalarning himoyasini yengib o‘ta oluvchi texnologiya yanada samaraliroq tadqiqot olib borishga yordam beradi. Hozirda huquq-tartibot idoralari faqat sud-tibbiyot tadqiqotlari va xususiy tergovchilar yordamiga tayanib kelmoqda.