09:29 / 20.06.2016
6063

Ingliz va fransuz muxlislari Lionda mushtlashdilar

Lionda ingliz futbol fanatlari fransuz ultraslari bilan mushtlashdi. Ikkita muxlislar to‘dasi shahar ko‘chalaridan birida to‘qnash keldi. Fanatlar orasidagi dahanaki jang shiddat bilan mushtlashuvga aylanib ketdi. Olomon bir-biriga stul va shisha idishlar uloqtira boshladi, mushtlar "ishga solindi".

Ko‘p o‘tmay ingliz va fransuz muxlislari o‘rtasidagi bu to‘polonning videoyozuvi internetda ham paydo bo‘ldi.

Fransiyadagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati vaqtida fanatlar o‘nlab tartibsizliklar keltirib chiqarishdi. Bir necha muxlislar ommaviy tartibsizliklar vaqtida jiddiy jarohatlar oldi.

Top