Fan-texnika | 18:40 / 20.06.2016
6072
1 daqiqa o‘qiladi
iPhone 7’da ikkita SIM karta qo‘yish imkoni mavjud bo‘lishi mumkin
Yangi iPhone 7 SIM kartalar uchun ikkinchi slotga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Engadget portali manbaga asoslanib xabar bermoqda.
Manba smartfonning yangi modeli uchun belgilangan komponentlar suratlarini chop etdi. Suratlar Xitoydagi Rock Fix ta'mirlash do‘koni xodimlari tomonidan olingan.
Bundan tashqari, mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 7’da quloqchinlar uchun 3,5-mm hajmli teshikka ega bo‘ladi.