10:13 / 20.06.2016
3449

QMMB normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e'lon qiluvchi manba bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Oliy Majlisida Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (QMMB) (www.lex.uz)ga normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e'lon qilish maqomini berishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining kengashida ham ushbu qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. 

Hujjat milliy axborot tizimlarini rivojlantirish, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan. 

Loyiha "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutadi. 

Qonun loyihasi tashabbuskorlarining fikricha, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasiga normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e'lon qilish maqomini berish - huquqni qo‘llash samaradorligini oshirish hamda foydalanuvchilarning bu hujjatlar bilan operativ tanishish imkonini beradi.

Top