17:55 / 20.06.2016
12483

Oltinko‘l iqtisodiyot kollejida talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyat Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi turli tashkilotlar vakillari, faxriy mehmonlar, bitiruvchi yoshlarning oila a'zolari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi. Yakunlanayotgan o‘quv yilida bilim dargohini to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 313 nafar o‘quvchi bitirib, katta hayot sari yo‘l olmoqda.

Tantanali tadbir avvalida so‘z olgan kollej direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, O‘zbekiston qahramoni Shukurjon Mamatqulov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarning barkamol, yetuk bilim va salohiyatga ega bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganini, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar. Bitiruvchilar qadrdon ustozlariga dillaridagi tashakkurlarini aytishdi. – Men ta'lim dargohini imtiyozli tarzda tomomlaganimdan juda xursandman, -deydi buxgalteriya yo‘nalishi bitiruvchisi Xusanboy Abdug‘ofurov. Maqsadim, oliy o‘quv yurtiga kirib, bilim olishni davom ettirish. O‘ylaymanki, bu yo‘lda kollejdagi ustozlarimdan olgan o‘gitlar menga yordam beradi.

O‘quv yurtini tamomlaganlik haqidagi diplomlarni o‘quvchilarga fahriy ustozlar topshirdilar.

Tadbir davomida kollejning “Andijon zukkolari” guruhi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish qilindi.

 

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top