Sport | 15:58 / 20.06.2016
5192
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» va «Barselona» o‘yinlarini tahlil qiladigan kompaniya «Bunyodkor»bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi «Instat» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot bermoqda.

Manbada aytilishicha, endi «Instat» jamoaning o‘yinlarini tahlil qiladi va maxsus statistikalarni taqdim etadi.

«Instat»ning rasmiy saytida yozilishicha, kompaniya Angliyaning «Manchester Siti», «Chelsi», «Liverpul», Ispaniyaning «Real» va «Barselona» kabi jamoalarining ham o‘yinlarini tahlil qiladi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish