10:26 / 20.06.2016
8753

U YouTube’ga rolik joylashtirar, ammo ularni hech kim ko‘rmas edi...

2014 yilning oktabrida tokiolik真ん中小五郎 o‘z mopsi ishtirokida YouTube’da qator roliklar joylashtira boshladi. Bir kunda hatto bir nechta rolik ham joylashtirdi. Roliklarning aksariyat tasvirida turli kiyimlar kiyib olgan va skeytda uchayotgan mopsni uchratish mumkin.
 
Oradan yarim yil vaqt o‘tgach, kanalga Amerikaning The Next Web nashri muharriri o‘z e'tiborini qaratdi. U yaponiyalikdan nega deyarli hech kim ko‘rmaydigan roliklarni joylashtirishda davom etayotgani haqida so‘radi.

Nashrning e'tibori tufayli vaziyat o‘zgardi. Bor yo‘g‘i ikki kun ichida kanal 67 ming tomoshaga va 1,5 ming doimiy obunachiga ega bo‘ldi.

Top