Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas Yevro-2016 pley-off bosqichi uchun mo‘ljallangan koptokni taqdim etdi
Adidas Yevro-2016 musobaqasi pley-off bosqichi uchun mo‘ljallangan Fracas koptogini taqdim etdi. “Fracas” o‘zbek tiliga tarjima qilinganda gumbur va jarang degan ma'noni anglatadi. Koptokning nomi pley-off o‘yinlaridagi ehtiroslarning junbishga kelishi va uchrashuvlardagi kutilmagan natijalarni ifodalaydi.
Adidas Fracas va Beau Jeu* koptoklarini yaratish uchun 18 oy sarfladi. Unga 2014 yilgi jahon chempionatidagi Brazuca koptogining eng yaxshi xususiyatlar asos qilib olindi. Ularni Iker Kasilyas, Garet Beyl kabi futbolchilar sinovdan o‘tkazdi.
* Beau Jeu – Yevro-2016 uchun yana bir koptok. U 2015 yilning 12 noyabrida Zinedin Zidan tomonidan taqdim etilgan.