Özbekiston Respublikasining Şanxay hamkorlik taşkilotiga raisligi jahon ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida turibdi. Tahlilçilar, ŞHT taşkil topganining ön beş yilligida ötkaziladigan Toşkent sammiti yilning markaziy siyosiy voqeasi bölibgina qolmay, taşkilot tarixida yangi sahifa oçişini ta'kidlaşmoqda.
23-24 iyun kunlari Toşkentda Şanxay Hamkorlik Taşkilotining navbatdagi sammiti bölib ötadi. ŞHT Davlat rahbarlari kengaşi majlisida Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin, Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon iştirok etişi rasman tasdiqlandi.
Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani, Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Möğuliston prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi boş vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Muhammad Zarif kuzatuvçi davlatlar, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvçi mamlakat mehmoni sifatida iştirok etadi.
Majlisda ŞHT Boş kotibi Raşid Alimov va ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ham qatnaşadi.
ŞHT sammitida xalqaro hamkor taşkilotlar rahbarlari – Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi örinbosari Jyefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotib Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti boş kotibi Nikolay Bordyuja, ASeAN Boş kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning ijroçi direktori Gun Tszyanvey ham iştirok etadi.
Tadbirda iştirok etiş uçun Toşkentga ŞHTga a'zo davlatlar, xalqaro taşkilotlar, şuningdek, çet el ommaviy axborot vositalarining qariyb 1000 vakili taşrif buyuradi.
ŞHTning Toşkent sammiti mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilar ekan, taşkilotning yangi yönalişini belgilab oladi. Bu haqda taşkilot boş kotibi Raşid Alimov bayonot berdi.
“Biz yilning eng muhim hodisasi - Toşkent sammitini ötkazişni öz oldimizga maqsad qilib qöydik. Bu yubiley sammiti, şu sababli katta energiya bilan unga tayyorgarlik körmoqdamiz. Har qanday yubileyda bölgani kabi qölga kiritilgan yutuqlarimizni tahlil qilamiz va kelajak işlarimizni belgilab olamiz”, dedi boş kotib.
Uning aytişiça, ta'sisçi davlatlarning rahbarlari Özbekiston poytaxtida töplanib, xalqaro va mintaqa kun tartibida turgan muhim masalalarni muhokama qilişadi.
Bu yil özining 15 yilligini nişonlayotgan ŞHT jahon aholisining 44 foizi (3,17 milliard kişi) istiqomat qiladigan 18ta (oltita a'zo, oltita kuzatuvçi va oltita muloqot böyiça hamkor) davlatni özaro birlaştiradi. Ayni damda Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston taşkilotning tölaqonli a'zosi bölsa, Afğoniston, Belarus, Hindiston, Eron, Möğuliston va Pokiston kuzatuvçi davlat maqomiga ega. Muloqot böyiça hamkor davlatlar qatorida Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya, Şri-Lanka bor.
2001 yilning 14-15 iyun kunlarida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy rahbarlari Şanxay şahrida bölib ötgan sammitida yangi taşkilot tuzilgani borasida bayonot bergandi. Şu tariqa, jahon siyosiy xaritasida yangi birlaşma - Şanxay Hamkorlik Taşkiloti paydo böldi. Taşkilotning muassisi va teng huquqli qatnaşçisi bölmiş Özbekistonning ŞHTda iştiroki mazkur taşkilotni mustahkamlaş bilan birga, mintaqaviy muammolar yeçimini tugal va samarali bölişini ta'minladi.
ŞHTning Özbekiston manfaatlari bilan hamohang jihati bor. “Uçta yovuz kuç”- xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va ayirmaçilik, şuningdek giyohvand moddalar noqonuniy savdosi va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş faoliyatida Özbekistonning ŞHTga a'zo mamlakatlar bilan mavqei deyarli bir xil. 15 yillik faoliyati davomida ŞHT köp qutbli dunyoning tan olingan taşkilotiga aylandi. ŞHT jahondagi kuçli taşkilotlardan biri sifatida e'tirof etiladi.
Bugun töla işonç bilan aytiş mumkinki, 15 yil avval taşkilot asosçilari bölmiş oltita davlat rahbarlari jahon hamjamiyatiga davlatlararo munosabatlarning “Şanxay ruhi” aks etgan yangi modelini taqdim etdi. “Şanxay ruhi” deganda özaro işonç, tenglik, maslahatlaşuvlar, xilma-xil madaniyat va sivilizatsiyalarni hurmat qiliş, taraqqiyotga birgalikda intiliş tuşuniladi. Ayni mana şu noyob tajriba oltita davlat örtasidagi hamkorlikda qölga kiritilgan muhim qadriyat sifatida tan olinadi. “Şanxay ruhi” zamonaviy xalqaro hamkorlik nazariyasini hayotga töla tatbiq etayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
“A'zo davlat rahbarlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli taşkilot murakkab taraqqiyot yölini bosib ötdi. Taşkilotimiz zamonaviy xalqaro munosabatlar arxitekturasida munosib örinni egalladi. ŞHT ilk davrardanoq sayyoramizda tinçlik va barqarorlikni qadrlovçi bölgan hamma-hamma bilan keng qamrovli hamkorlikka intilib kelmoqda” dedi Raşid Alimov.
Şu davr maboynida ŞHT mintaqada tinçlik, barqarorlik örnatilişi va xavfsizlik ta'minlanişi yölida faol harakat qildi. Jahon iqtisodiyotiga munosib hissasini qöşdi. Madaniyat va sivilizatsiyalar örtasidagi muloqotning kengayişiga xizmat qildi.
ŞHT sobiq boş kotibi Dmitriy Mezentsevning aytişiça, ŞHT faoliyat körsatib kelayotgan 15 yil mobaynida Özbekiston uçinçi marotaba uşbu taşkilotga raislik qilişdek yuksak mas'uliyatni öz zimmasiga oldi.
“Mamlakatingiz raisligi birlaşmamizning yubileyiga, muhim hamda mas'uliyatli davriga töğri keldiki, bu tizim faoliyati yakunlarini sarhisob qiliş imkonini beradi. Biz Özbekiston raisligi yillarida ilgari surilgan va hayotga tatbiq etilgan taşabbuslarni yaxşi eslaymiz. Aynan Özbekiston şafeligida ŞHT huzuridagi kuzatuvçi maqomi töğrisidagi Nizom qabul qilindi, ŞHTning kuzatuvçilar bilan hamkorligi tartibi belgilandi”, dedi Dmitriy Mezentsev.
Sammit arafasida BMT boş kotibining siyosiy masalalar böyiça yordamçisi Miroslav Yença jurnalistlarga intervyu berar ekan, ŞHT mintaqa va dunyoda katta örin tutişini, terrorizmga qarşi kuraş, iqlim özgarişlarini bartaraf etiş va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlaş borasida katta tajriba va imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidladi. Miroslav Yença öz sözida BMT Toşkent sammitidan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşda köp narsalarni kutayotganini ma'lum qildi. U ötgan yil ham BMT, ham ŞHT uçun foydali bölganini qayd qilar ekan, 2015 yilda ŞHT 2025 yilgaça bölgan taraqqiyot strategiyasini tasdiqlaganini, BMT Boş Assambleyasining 70-sessiyasi esa 17ta vazifadan iborat Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarini qabul qilganini qayd qildi.
“Mening fikrimça, bu dasturiy hujjatlar ikkita taşkilot örtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanişiga hissa qöşadi. Şu sababli ham bölajak sammitdan bu yönalişda hamkorlik rivojlanişiga umid qilamiz” dedi Miroslav Yença.
U ŞHT BMTda kuzatuvçi taşkilot maqomiga ega ekanini, BMT boş kotibi Pan Gi Mun 2010 yil Toşkentga amalga oşirgan safari çoğida Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan ikkita taşkilot örtasida hamkorlik töğrisida deklaratsiya imzolaganini eslatib ötdi.
“Bu muhim hujjatdir. Men tinçlikni qöllab-quvvatlaş, xavfsizlikni ta'minlaş va barqaror taraqqiyotni ta'minlaşda har ikki taşkilotning mvqsadlari yakdil ekanini körayapman”, dedi BMT boş kotibining yordamçisi.
Şuni ta'kidlab ötamiz, 2010 yilning aprel oyida Pan Gi Munning Özbekistonga taşrifi mobaynida ŞHT va BMT Kotibiyatlari örtasida hamkorlik töğrisidagi deklaratsiya imzolangan edi. Toşkentda ŞHT va BMT kotibiyatlari örtasida imzolangan Qöşma deklaratsiya Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Kontrterroristik qömitasi örtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirişga yöl oçadi. Bugungi kunda dunyodagi heç bir muammoni alohida bir davlatning sa'y-harakati bilan yeçib bölmaydi. Jumladan, xavfsizlik va ekologiya muammolari kamida mintaqa miqyosidagi hamkorlikni taqozo qiladi. Şu ma'noda ŞHT bilan BMT örtasidagi hamkorlikning rasmiylaştirilişi ikki tomon uçun muhim masalalarni yeçişda bahamjihat harakat qilişga keng yöl oçadi.
Miroslav Yença BMT rasmiylari Toşkent sammitiga taklif qilinganini qayd qilib ötdi. U ŞHTning ötgan yilgi sammitida taşkilot saflariga Hindiston va Pokistoning qabul qilinişi borasida ilk qadamlar taşlanganini eslatib ötar ekan, “şuning öziyoq ŞHTga qiziqiş ortib borayotganini körsatmoqda”, dedi.
BMT Boş kotibining yordamçisi har ikki taşkilot ekstremizmga qarşi kuraş masalasida köp iş qilayotganini ta'kidlar ekan, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya Mintaqaviy markazi va qarorgohi Toşkentda bölgan ŞHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi katta işlarni bajarayotganini eslatib ötdi.
“Mening fikrimça, bu yönalişda katta tajriba ortirildi. Biroq çaqiriq va tahdidlar ham kuçayib bormoqda. Afğonistondagi vaziyat murakkabligiça turibdi. Avvalgi sammitlarda bölgani kabi Toşkent sammitida ham bu kabi muammolar jiddiy muhokama qilinadi”, deya qayd qildi diplomat.
U bugungi vaziyatida ŞHT va BMTning hamkorligiga katta ahamiyat qaratilişi lozimligini ta'kidlab ötdi.
“Birgalikda işlaş, hamkorlik ruhi bugun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. BMT mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorlik qilişi kerak. Bu BMT nizomida yozilgani uçun emas, balki qilinişi kerak bölgan zarur iş bölgani uçun ham amalga oşişi kerak”, dedi BMT boş kotibining yordamçisi.
Şuni ta'kidlaş kerakki, xalqaro şarhlovçilar ŞHTning mintaqa va dunyoda tinçlik va barqarorlikka qöşayotgan hissasiga yuqori baho berişmoqda. ŞHT harbiy taşkilot emas. Bu taşkilot asosan a'zo davlatlarning xavfsizligini ta'minlaşga mas'uldir. ŞHTning öz oldiga qöygan vazifalari barqaror taraqqiyot va farovon istiqbol uçun hamkorlikda faoliyat yuritişdan iboratdir. Sönggi vaqtlarda jahonda nufuzi ortib borayotgan taşkilot öz oldiga uruşlar va harbiy-siyosiy töqnaşuvlar xavfini daf etib, tinçlik, farovon hayotga erişiş kabi uluğ maqsadni qöygan. Taşkilotning doimiy faoliyat körsatuvçi ikki organi — Pekin şahrida joylaşgan Kotibiyat va Toşkent şahrida joylaşgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Şanhay hamkorlik taşkilotining huquqiy me'yor va qoidalariga binoan, 2015 yilning 11 iyulidan buyon unga Özbekiston Respublikasi uçinçi marotaba raislik qilmoqda. Özbekiston 2004 va 2010 yillarda özining ŞHTga raisligi doirasida zamonaning an'anaviy hamda yangi xavf-xatarlariga nisbatan taşkilotga a'zo mamlakatlar siyosatini muvofiqlaştirişni kuçaytirişga doir qator muhim taşabbuslarni ilgari surgan edi. Tahlilçilar tomonidan Özbekiston hamişa özining ŞHTdagi raisligiga aniq va muvozanatlaşgan yondaşuv bilan qaraşi, mazkur taşkilotning nufuzini kötariş maqsadida faol harakat qilişi ta'kidlanadi.
Xalqaro ekspertlar Özbekistonning taşkilotga raisligi doirasida ŞHTning nufuzini yanada mustahkamlaş va faoliyatini rivojlanişi yölida muhim qadamlar qöyilganini e'tirof etişadi. Özbekiston bir qator yangi taşabbuslar bilan çiqdi va ularni amalda tatbiq etdi. Özbekiston ötgan davr mobaynida ŞHT a'zosi bölgan mamlakatlar bilan birgalikda jahon va mintaqa ahamiyatiga molik muammolar hal etilişida taşkilot salohiyatini, özaro hamkorlik muvofiqlaşuvini yanada kuçaytiriş, taşkilotning xalqaro maydondagi rolini oşiriş yuzasidan keng qamrovli işlarni röyobga çiqardi. Özbekistonning ana şunday sa'y-harakatlari tufayli borgan sari köp davlatlar ŞHTga alohida qiziqiş, u bilan şeriklik aloqalarini örnatiş yuzasidan istak-xohiş bildirişmoqda.
2015 yilning sentabrida Kamboja Qirolligiga ŞHTning muloqot böyiça şerigi maqomini beriş töğrisidagi memorandum imzolandi. Joriy yilning 14 mart kuni ana şunday maqom Ozarbayjonga berildi. Nepal bilan ham şunday hujjatning imzolandi. Joriy yilning 1 mart kuni Pekinda Şanhay Hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Raşid Alimov hamda Hindiston va Pokistonning Xitoydagi elçilari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Mazkur uçraşuvda ŞHTga a'zo davlatlarning taşkilot kotibiyati huzuridagi doimiy vakillari ham iştirok etdi. Unda Janubiy Osiyodagi ikki yirik davlat — Hindiston Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasi diplomatiya rahbarlariga ŞHTga a'zolik maqomini oliş böyiça majburiyatlar haqidagi memorandumlarning loyihalari berildi. A'zo davlatlar rahbarlarining Toşkentda bölib ötadigan navbatdagi sammitida mazkur memorandumlarni imzolaş rejalaştirilgan bölib, bu voqea uçraşuvning muhim amaliy natijalaridan biri sifatida joriy yilda özining 15 yilligini nişonlaydigan ŞHTning kelajakda rivojlanişiga katta hissa qöşişi kutilmoqda.
Taşkilotga Hindiston va Pokiston kabi davatlarning qabul qilinişi ŞHT geografik qamrovini nafaqat kengaytiradi, balki hamkorlikning yangi ufqlarini oçadi. Qoidaga köra, yangi a'zolarni qabul qilişdan avval nomzod davlatlar bir qator majburiyatlarni öz zimmalariga olişlari kerak böladi. Jumladan, ular ayni damda qabul qilingan 30dan ortiq hujjatga sözsiz qöşilişlari kerak böladi.
ŞHTning 2016 yilgi Toşkent sammiti tarixiy ahamiyat kasb etişiga heç kim şubha qilmaydi. Davlat rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar taşkilot nufuzini sezilarli darajada oşirişi bilan birga, uning yanada kengayişini ham ta'minlaydi.
Qardoşlik, yaxşi qöşniçilik asosida faoliyat yuritayotgan, ayni damda dunyo aholisining salkam 44 foizi istiqomat qiladigan mamlakatlarni qamrab olgan ŞHT uzoq yillar mintaqa taraqqiyotiga hissa qöşib, a'zo davlatlar hududlarida istiqomat qilayotgan xalqlarning farovonligi va xavfsizligini ta'minlaşda davom etadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi